TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Italiyalik aktrisa Ornella Muti Rossiya fuqaroligini olish uchun hujjatlarini tayyorlamoqda. Bu haqida RIA Novosti artist Aleksandr Revvaning so‘zlariga asosan xabar qilmoqda.
“Ornella Muti allaqachon Rossiya rezidenti bo‘lgan va ayni damda Rossiya fuqaroligini olish uchun hujjatlarini tayyorlamoqda. Bu haqida aktrisa biz birga yaratgan “Chelentano kabi” klipimiz taqdimotida xabar qildi”, — dedi Revva.
Yangi klipda Aleksandr Revvaning sahnadagi qahramoni Artur Pirojkov italiyalik mashhur “ayollar qalbini zabt etuvchi” Adriano Chelentano rolini, Ornella Muti esa — o‘zi rolini ijro etgan.
Ornella Muti sobiq Ittifoq aholisiga, avvalombor, 80-yillarning mashhur kinofilmlarida o‘ynagan rollari bilan tanilgan. G‘arbda esa kinoaktrisa “mashhur ofatijon” obro‘siga ega. Aktrisa chiroyi oldida mashhur bastakor va biznesmenlar qatorida Adriano Chelentano, Alen Delon va Mikele Plachido kabi dunyo kino yulduzlari tiz cho‘kishgan.
Eslatib o‘tamiz ushbu haftada yana bir mashhur kino yulduzi, Gollivudlik akter Stiven Sigal Rossiya fuqaroligini olgan edi.