TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Iroqning Naynava viloyatida “Islom Davlati” oliy qo‘mondonlaridan besh nafari tashkilot g‘aznasidan bir necha million dollar o‘marib qochishdi. Bu haqida RIA Novosti "As-Sumariya" telekanali ma’lumotiga asosan xabar bermoqda.
“ID oliy qo‘mondonlaridan besh nafari, jumladan terrorchilar g‘aznasi uchun javobgar bo‘lgan Abu al-Bara al-Kaxtani ismli jangari qochib ketishdi. Shu bilan bi vaqtda guruh g‘aznasidan bir necha million dollar mablag‘ yo‘qoldi”, — deyilgan xabarda.
Ayni damda jangariar qochqinlarni qidirishmoqda. ID rahbariyati qochqinlarni tutish va ularni jazolashni buyurgan. Manba xabariga ko‘ra qochqin jangarilar Tell-Afar shahri tomonga qochishgan. U yerdan esa Suriyaning Al-Baadj shahriga yo‘l olishgan.
Terrorchilar poytaxti hisoblangan Iroqning Mosul shahrini jangarilardan ozod qilish 17-oktabr kuni boshlangan edi. Iroq harbiylari, politsiya va Qurd ko‘ngillilari otradlari AQSh boshchiligidagi koalitsiya yordmida Naynava viloyatiga keng ko‘lamli hujum boshlagan edi.
Xalqaro Migratsiya tashkiloti xabariga ko‘ra, bo‘lib o‘tayotgan janglar natijasida 16,5 ming mahalliy aholi o‘z turar joylarini tashlab ketshga majbur bo‘lishgan.