Endi Samsung kir yuvish mashinalarida muammo chiqdi

© Sputnik / Aleksandr Pashin / Mediabankka o‘tishSamsung Electronics
Samsung Electronics - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitta holatda kir mashinasining uchib ketgan qopqog‘i egasining jag‘ini sindirib yuborgan

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Koreyaning Samsung kompaniyasi AQShda sotilgan 2,8 million dona kir yuvish mashinalarini ortga qaytarib olmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti The Wall Street Journalning  AQSh iste’molchilik mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha komissiyasi xabariga tayanib.

Komissiyaning ma’lumot berishicha, kir yuvish mashinalarining ustki qopqog‘i ishlash jarayonida to‘satdan korpusdan ajralib ketgan.

Komissiya vakillari ana shunday holat bo‘yicha 700dan ortiq shikoyat kelib tushgani va to‘qqizta holatda ajralib ketgan qopqoqlar tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilishdi. Bitta holatda kir mashinasining uchib ketgan qopqog‘i egasining jag‘ini sindirib yuborgan.

Telefon Samsung Galaxy Note 7 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyotlariga Galaxy Note 7 olib chiqish taqiqlandi

Nashrning ma’lum qilishicha, 2011-yildan buyon sotilgan 34 turdagi Samsung kir yuvish mashinalari ortga qaytariladi.

Jurnalning qayd etishicha, bu Galaxy Note 7 smartfonlari yonib ketishi holatidan keyin kompaniyaga yana bir zarba bo‘ladi.

Samsung taxminiga ko‘ra, smartfon bilan bog‘liq holat sababli kompaniya 2016-yilning oxirgi va 2017-yilning birinchi choragida uch milliard dollardan ortiq zarar ko‘radi.

Yangiliklar lentasi
0