TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Qirg‘izistonning Bishkek shahri g‘arbida joylashgan motor moylari zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda. Hodisa joyiga oltita o‘t o‘chiruvchi mashina yetib kelgan. Yong‘in haqida o‘t o‘chirish xizmatiga mahalliy vaqt bilan soat 13.03da xabar qilingan.
Hodisa joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi Kubatbek Boronov yetib keldi.
FVV xabariga ko‘ra, yong‘in 2,5 ming kvadrat metr hududni qamrab olgan. Qutqaruvchilar va patrul militsiyasi hodimlari ham hodisa joyiga yetib kelishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha yong‘in sababli hech kim jabr ko‘rmagan.