Sharja markazida O‘zbekiston meva-sabzavot do‘koni ochildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMeva sabzavotlar
Meva sabzavotlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston meva-sabzavotlari BAA bozoriga ilk qadamini qo‘ydi. Mijozlar ushbu mahsulotlar istiqboli porloq ekanligini ta’kidlashmoqda.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik.Sharjadagi eng yirik Souq Al Jubail savdo markazida, O‘zbekiston konsulligi yordamida, vatanimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar sotish do‘koni ochildi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.  

Souq Al Jubail savdo markazining ekologik toza (organik) mahsulotlar bo‘limida joylashgan O‘zbekiston meva-sabzavot do‘koni ochilish marosimida markaz direktori Ali Al Suvaydi so‘zga chiqdi.

"O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar oliy sifati, mazaliligi va tabiiyligi bilan ajralib turadi. Mijozlar ushbu mahsulotlarni tatib ko‘rib,  bunga o‘zlari amin bo‘lishlari mumkin",  — dedi Al Suvaydi.

Savdo markaziga tashrif buyuruvchilar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlari hali yangi bo‘lishiga va Xitoy, Eron, Pokiston va Hindiston mahsulotlari bilan mavjud raqobatga qaramasdan, BAA bozorida munosib o‘rin egallashi mumkin.

Sharja shahri markazida joylashgan Souq Al Jubail savdo markazi 1981-yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mahalliy aholi orasida savdo markazi yuqori sifatli mahsulotlar yetkizib beruvchi sifatida tanilgan.

Yangiliklar lentasi
0