TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Suzoq masjidining 58 yashar imomi 10 yashar bolakayni bir necha marotaba zo‘rlagani uchun 7-yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston tuman IIB boshlig‘i Nurbek Jonibekovdan olingan ma’lumotlar asosida Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar qilmoqda.
19 iyun kuni Suzoq shahri imomi bachabozlikda gumonlanib qo‘lga olingan edi. 58 yashar imom mahalliy masjidda 2013-yildan buyon faoliyat yuritgan.
"Militsiya kerakli dalillarni to‘pladi. Ekpertiza natijalari iyul oyidayoq tayyor bo‘lgan. Avgust oyida esa sud bo‘lib o‘tib, unda imom 7-yilga ozodlikdan mahrum qilindi", — deb xabar qildi Jonibekov.
Jonibekovning so‘zlariga ko‘ra, bola ayni vaqtda shifokorlar va ruhshunoslar nazoratida.