TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalariga, o‘zlarining konstitutsion huquqlaridan foydalanishga sharoit yaratish maqsadida navbatdan tashqari ta’til taqdim etiladi, deb xabar qiladi "Novosti Uzbekistana" nashri.
2016 yil 31-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarda talabalarning doimiy yashash joylaridan qatnashishlariga imkon berish yuzasidan maxsus buyruqni imzolagan.
Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalariga 2016-yil 1-5 dekabr sanalarida navbatdan tashqari ta’til taqdim etish belgilangan. Oliy o‘quv yurtlari rahbariyatlariga mazkur buyruq ijrosini ta’minlash uchun zaruriy choralar ko‘rish vazifasi yuklatilgan.