TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushoglu o‘tgan yili Turkiya-Suriya chegarasida qurbon bo‘lgan rossiyalik uchuvchi Oleg Peshkov rafiqasi oldida shaxsan kechirim so‘rashga tayyor ekanligini bildirdi.
"Anqara qurbon bo‘lgan uchuvchi oilasiga moddiy yordam ko‘rsatishni istaydi. Undan tashqari, janob Lavrovga, rus uchuvchisining rafiqasi rozi bo‘lsa, biz uning oldiga kelib o‘z uzurimizni va hamdardligimizni bildirishga tayyor ekanligimizni yetkizdik", — dedi Chavushoglu "Rossiya-24" telekanali efirida.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning noyabrida Suriya osmonida rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti F-16 turk qriuvchisi tomonidan urib tushirilgan edi. Anqara o‘shanda Rossiya samolyoti uning chegarasiga kirganliga da’vo qilgan edi. Su-24 uchuvchilaridan biri parashutda sakrash vaqtida yerdan turib turkoman jangarilar tomonidan otib o‘ldirilgan edi. Qurbon bo‘lgan uchuvchi Oleg Peshkovga "Rossiya qahramoni" unvoni berildi va u Lipesk shahrida dafn etildi.