Dorilar ustiga qo‘yiladigan ustamalar kamaytirildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishProdaja lekarstv v apteke
Prodaja lekarstv v apteke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 1-yanvaridan dorilar ustiga qo‘yib sotiladigan ustamalar 25%dan 20% ga tushirildi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev qabul qilgan qarorga  asosan, 2017-yilda dorilar ustiga qo‘yib sotiladigan ustamalar miqdori kamaytiriladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

O‘zbekiston hukumati qabul qilgan yangi qarorga binoan, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab, dorilar ustiga qo‘yib sotiladigan ustamalar miqdori quyidagi tartibda belgilandi: sotib olingan narxdan eng ko‘pi 15% — ulgurji savdo korxonalari uchun va 20 % — chakana savdo korxonalari uchun. Bugungi kunda ushbu ustamalar miqdori 10 % va 25% ni tashkil qiladi.

Undan tashqari 1-yanvardan boshlab eng kerakli va ijtimoiy muhim bo‘lgan 167 xil dori va 22 xil tibbiy mahsulotlar narxlari davlat tomonidan belgilanadi.



Yangiliklar lentasi
0