TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Afg‘oniston milliy politsiyasi kuchlari mamalkat janubi-g‘arbida "Haqqoni tarmog‘i" terrorchilar uyushmasi rahbarlaridan birini yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Afg‘on TIVi xabariga asosan.
"Paktika viloyatida "Haqqoni tarmog‘i" terrorchi uyushmasi rahbarlaridan biri va uning uch yordamchisi yo‘q qilindi. Voxid, ikkinchi ismi Jamshid bo‘lgan shaxs ushbu terrorchi tashkilotda muhim rol o‘ynagan", — deyilgan vazirlik xabarida.
Terrorchilar rahbarini yo‘q qilishga qaratilgan maxsus operatsiya bir kun oldin viloyat qishloqlaridan birida o‘tkazilgan. Operatsiyada tinch aholi zarar ko‘rmagan.
"Haqqoni tarmog‘i" 2012-yilda Qobuldagi AQSh elchixonasi, harbiylari va hukumat tashkilotlariga qilingan hujumdan keyin terrorchi tashkilot deb e’lon qilngan edi.
"Haqqoni tarmog‘i" o‘z faoliyatida "Tolibon" va "Al-Qoida" kabi radikal oqimlari bilan aloqa o‘rnatgan.