Slovakiya delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishBratislava
Bratislava - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Slovakiya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazadi.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Slovakiyaning Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Lukash Parizek boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar  qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tashrif davomida TIVlar orasidagi navbatdagi siyosiy maslahatlar, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar va Investitsiyalar vazirligiga tashrif buyurish hamda Samarqand viloyatiga safar qilish kiritilgan.

Slovakiya Markaziy Yevropada joylashgan mamlakat bo‘lib, uning aholisi 5,5 mln kishi, hududi 48,8 ming km2 ni tashkil qiladi. Poytaxti — Bratislava. Sobiq Ittifoq davrida Chexoslovakiya tarkibiga kirgan ushbu mamlakat 1993-yilda mustaqil davlat maqomiga ega bo‘ldi. Slovakiya iqtisodiy rivojlangan mamlakat, 2015-yilda aholi jon boshiga YaIM miqdori — 27 394 $ ni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0