Rossiya noqonuniy migrantlarni amnistiya qilishi mumkin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMigrantlar
Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Kavkaz xalqlari kongressi vakili Aslanbek Paskachev Millatlararo munosabatlar Kengashida Rossiya ayrim toifadagi noqonuniy migrantlarni amnistiya qilish taklifini kiritdi.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Federatsiya Kengashining Hududiy siyosat qo‘mitasi yil oxiriga qadar ayrim toifadagi migrantlarni amnistiya qilish taklifini ko‘rib chiqadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Rossiya Federativ tuzilma va hududiy siyosat qo‘mitasi raisi Dmitriy Azarovning so‘zlari asosida.  

Dushanba kuni Rossiyaning Kavkaz xalqlari kongressi vakili Aslanbek Paskachev xalqlar orasidagi munosabatlar Kengashida ayrim toifadagi noqnuniy migrantlarni amnistiya qilish taklifini kiritgan edi.

"Biz migratsiya va millatlararo qonunchilik borasida Astraxandagi kengashda  aytib o‘tilgan ushbu va boshqa takliflarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Yil oxiriga qadar biz ushbu masalani ququr o‘rganib chiqamiz, chunki bu masala katta ahamiyata ega", — dedi senator.

"Millatlararo munosabatlar  kengashi majlisida juda ko‘p qiziqarli takliflar kiritildi.  Ular orasida amaldagi migratsiya qonunchiligiga o‘zgarishlar kiritish va Rossiya millati haqida qonun ishlab chiqish masalasi bor", — dedi Azarov.

Qo‘mita rahbari aytishiga qaraganda, ayrim toifadagi noqonuniy migrantlarni amnistiya qilish uchun ularga doimiy ro‘yxatdan o‘tish huquqi berishni o‘ylab ko‘rish mumkin, lekin bu masalada shoshilmaslik kerak.    

"Millatlaaro munosabatlar shunaqa nozik masalaki, bu borada shoshilinch qarorlar qabul qilish ijtimoiy sohada muammolar keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun qanday muayan choralar qabul qilinishini men hozir aniq ayta olmayman ", — dedi senator. 

Yangiliklar lentasi
0