Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov va Hindiston TIV rahbari Mubashir Djaved Akbar uchrashuvi
Abdulaziz Kamilov va Hindiston TIV rahbari Mubashir Djaved Akbar uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligida Hindiston TIV rahbari Mubashir Djaved Akbar hamda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Vinod Kumar ishtiroki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik.  O‘zbekiston Tashqi ishlari vaziri Abdulaziz Kamilov Hindistonlik hamkasabasi Mubashir Djaved Akbar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Uchrashuv boshida O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston rahbariyatiga O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan bildirgan hamdardligi va Samarqandda u kishining qabrini ziyorat qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbatda, tomonlar O‘zbekiston va Hindistonning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari hamda hududiy va xalqaro maydondagi voqealar borasida fikr almashishdi.   

Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindistonning yuqori doiralari va oliy rahbariyati orasida doimiy ravishda olib borilayotgan  siyosiy muloqoti, ishbilarmonlar hamda madaniyat va san’at sohalari vakillari uchrashuvlari, oldin erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, mamlakatlarimiz  va xalqlarimiz orasida ko‘p qirrali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini berayotgani e’tirof etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Vinod Kumar ham ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0