TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Rossiyaning eng boy tadbirkorlaridan biri, asli O‘zbekistonlik Alisher Usmonov Rossiyalik eng boy o‘n kishi ro‘yxatidan 6 o‘rinda joy oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston, Bloomberg tuzgan ro‘yxatga asosan.
Bloomberg e’lon qilgan Rossiyaning eng boy kishilari ro‘yxati eng boshida umumiy mablag‘i 15,7 mlrd $ bo‘lgan "Severstal" kompaniyasi rahbari Aleksey Mordashov, ikkinchi o‘rinda Vladimir Potanin — 15,5 mlrd $, Leonid Mixelson — 15,1 mlrd $, Viktor Vekselberg — 14,2 mlrd $, Mixail Fridman — 12,8 mlrd $ va 12 mlrd $ egasi — Alisher Usmonovlar o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2012-yilda O‘zbekistonlik biznesmenning mablag‘i 20 mlrd $ baholanib ushbu ro‘yxatning eng boshidan o‘rin olgan edi.