TOShKENT, 31 okt – Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi joriy yilning 9 oyi davomida 1 882 000 nafar yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Aviakompaniya tomonidan yanvar-sentabr oylari mobaynida 16692ta aviaparvoz amalga oshirildi.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining yuk tashuvchi samolyotlari orqali 734ta reys amalga oshirilib, 30 ming tonnadan ortiq yuk tashildi.
Hisobot davrida Toshkent-Voronej-Toshkent yo‘nalishida yangi aviaparvoz yo‘lga qo‘yildi, Boeing-787 Dreamliner samolyoti qabul qilindi, Toshkent shahrida yangi Toshkent-4 terminali qurilishi belgilandi. Ayni paytda yana 2ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.