Tibbiyot sohasi xodimlari maoshi oshirildi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishHamshira ishi
Hamshira ishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, 1-noyabrdan boshlab tibbiyotning ayrim sohasi xodimlari maoshi 40-75%ga oshirildi.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 1-noyabrdan boshlab tibbiyot sohasi xodimlarining maoshi alohida tartibda oshiriladi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today nashri.  

1 noyabrdan boshlab tibbiyot sohasi xodimlari maoshlari oshiriladi va ularga turli ijtimoiy qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi.

Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasining "Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qonunga asosan qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, eng katta qo‘shimcha to‘lov — 75 %, patologo-anatom  vrachlari maoshiga qo‘shiladi. Sud-meditsina ekspertiza bo‘lim rahbarlari maoshiga esa 40% qo‘shimcha qo‘shiladi.

Aqliy qoloq bolalarni tarbiyalovchi psixonevrologik internatlar tibbiyot xodimlari maoshiga — 50 % qo‘shimcha qo‘shiladi. Ushbu turdagi internatlarda ishlovchi sanitar-enagalar, sanitar-hammomchilar, massajchilar va hamshiralar maoshi esa 40 % ga oshiriladi.

O‘rta tibbiy malakali, virus va infeksiyalar bilan ishlovchi barcha turdagi laboratoriya xodimlari, anesteziolog-vrachlar, intensiv davolash bo‘limlari vrachlari maoshlariga 40% qo‘shimcha qo‘shildi.

Imkoniyati cheklangan bemorlar bilan ishlovchi barcha tibbiyot muassasalari kichik tibbiyot xodimlari, hamshiralar va boshqa tibbiy xodimlari maoshi ham oshirilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0