TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Ushbu yilning 1-noyabridan boshlab Beeline va Ucell uyali aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar OLX.UZ sahifasi xizmatlaridan bepul foydalanadi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Internet-e’lonlari xizmatidan O‘zbekiston hududida bepul foydalanish uchun abonentlar OLX.uz sahifasining mobil dasturini smartfonlariga yuklab olishlari kerak.
«Mobil internet xizmati – O‘zbekistonda eng arzon emas, lekin hamkorlarimiz – Beeline va Ucell – eng ommaviy internet e’lonlar sahifasi barcha uchun bepul bo‘ldi», — dedi
Vacheslav Kan OLX O‘zbekiston kompaniyasi direktori.
Eslatib o‘tamiz OLX.uz O‘zbekistonning eng ommaviy internet-e’lonlar sahifasi bo‘lib, bugungi kunda ushbu saytda 140 mingdan ko‘p mahsulot va xizmatlar haqida e’lonlar joylashtirilgan. Undan tashqari sahifa har oy 80 ming yangi e’lonlar bilan to‘ldirilmoqda.