Samarqandda yo‘lovchi avtobuslariga to‘lov terminali o‘rnatildi

© anxor.uzSam Autoning SAZ LE60 avtobusi
Sam Autoning SAZ LE60 avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand yo‘lovchi avtobuslari va taksilari yil boshidan buyon 30 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Bugungi kunda Samarqand viloyatida 21 avtobus, 46 taksomotor va 1 mikroavtobus parklari faoliyat yuritib kelmoqda, deb yozali Zarafshon viloyat gazetasi.

Aholiga 444 avtobus va 1500 taksi xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Yil boshidan beri ular 30 milliondan ortiq yo‘lovchining uzog‘ini yaqin qilishdi.

Yo‘lovchilar qulayligi uchun shahardagi eng gavjum bekatlarda jetonlar savdosi tashkil qilingan.100 dan ortiq eski avtobuslar Samarqandda ishlab chiqarilgan yangi "Isuzu" atobuslari bilan almashtirildi.

Yaqinda esa, "301-sonli, Samarqand — Payariq" yo‘nalishida qatnovchi avtobuslarda elektron to‘lov terminallari o‘rnatildi. Yo‘lovchilar yo‘lkirani to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

"Samarqandtransmarkazi" tarkibiga kiruvchi "Dilshodtrans" MChJ aholiga 30 avtobus va 50 ta "Damas" mikroavtobuslarda xizmat ko‘rsatadi. O‘tgan yili korxona "Hamkorbank" krediti hisobidan 5ta yangi "Isuzu" avtobusi va bir necha "Damas" mikroavtobuslari sotib olib yo‘nalishlar foydalanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0