Parpiyev: 2017-yilda tadbirkorlarni tekshirish bekor qilinadi

Obuna bo‘lish
Soliq Qo‘mitasi rahbari tekshiruvlarni bekor qilish bilan bir vaqtda, soliqdan qochishga uringan tadbirkorlar hujjatlarini shaxsan o‘zi prokuraturaga topshirishga va’da berdi.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Milliy Soliq qo‘mitasi rahbari poytaxtdagi "Istiqlol" saroyida bo‘lib o‘tgan majlisda so‘zlagan nutqida soliqdan qochishga urinayotgan tayubirkorlar hujjatlarini shaxsan o‘zi Prokuraturaga topshirishga va’da berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Men barchani ogohlantirib qo‘ymoqchiman, soliq tizimidan tashqarida qolishga urinayotgan tadbirkorlar hujjatlarini shaxsan o‘zim prokuraturaga olib borib, ularni jinoiy jazoga tortishni talab qilaman, buni amalga oshirish ancha mushkul bo‘lishiga qaramasdan", — dedi Parpiyev.  

Majlisda qatnashgan tadbirkorlarga qonunga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan biznes iqlimi va sud-huquq tizimlari sohasidagi islohotlarning mohiyati tushuntirib berildi.

Soliq qo‘mitasi rahbari ishtirokchilar diqqatini 2015-2016 yillarda tadbirkorlar tomonidan davlat g‘aznasiga 225 milliard so‘m miqdorda soliqlar to‘lanmay qolganini, savdo va xizmatlar sohasida 35 mlrd so‘mlik cheklar berilmaganini va banklarga 71 mlrd so‘m pul kelib tushmaganini ham aytib o‘tdi.  

Botir Parpiyev Soliq tizimida qonunchilk doirasida ishlayotgan tadbirkorlarni shaxsan o‘zi himoya qilishni va’da berdi.

Soliq rahbari aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda yiliga rejadan tashqari 4 mingta tekshiruvlar 1,5 ming qarshi tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida 200 korxonalar faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan.

Parpiyev bundan buyon tadbirkorlarning tekshiruvlar bilan bog‘liq barcha xarajat va muammolar o‘tmishda qolganini aytib o‘tdi. 2017-yildan boshlab soliq organlari tomonidan biznes ustidan olib borilayotgan tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilinadi. Bundan buyon tekshiruvlar faqat yuridik shaxslar faoliyati bekor  qilinganda yoki o‘zga jismoniy va yuridik shaxslar qonunbuzarlik haqida qilgan murojaati asosida olib boriladi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘rta va kichik biznes kundan kun muhimroq rol o‘ynamoqda.Davlat rahbariyati, xususan prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev biznes uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor bermoqda.   

Mirziyoyev tomonidan yaqinda imzolangan qaror tadbirkorlarga biznesda yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, mamlakat parlamenti huzurida larni himoya qiluvchi yangi muassa tashkil qilishni ham o‘z ichiga olgan.

Yangiliklar lentasi
0