Jamiyat

Yunusobod metrosi qurilishi qayta boshlandi

© Sputnik UZbekistanYunusobod yoʻli qurilishi qayta boshlandi
Yunusobod yoʻli qurilishi qayta boshlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Metro qurilishi munosabati bilan Yunusobod dehqon bozori ham boshqa joyga koʻchirilish ehtimoli bor ekan.

TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Oktyabr oʻrtasida Shavkat Mirziyoyev taaluqli vazirliklarga Yunusobod yoʻlining uzoq yillardan beri qurilishi toʻxtab qolgan "Fayzulla Xoʻjayev" va "Yunusabad" bekatlarini qurib bitkazishni topshirgan edi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri ushbu qurilish maydonchasida boʻlib, olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.  

Quruvchilar, katta qurilish texnikasi kirib kelishi uchun, qurilish maydonini oʻrab turgan devorni olib tashlashdi. Ayni damda qurilish maydonchasida toʻplanib qolgan axlat olib chiqib tashlangan va chuqurlikni qazish ishlari davom etmoqda.

© Sputnik UzbekistanYunusobod yoʻli qurilishi
V Tashkente nachalos stroitelstvo linii metropolitena v Yunusabadskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Yunusobod yoʻli qurilishi

Qurilish tashkiloti vakilining soʻzlariga qaragnada metro bekatlaridan biri Yunusobod dehqon bozor oldida ikkinchisi undan 1 km uzoqlikdagi koʻp qavatli uylar orasidagi chorrahada joylashgan boʻlar ekan. Ushbu joy xalq orasida "Petushok" deb nom olgan.

Axmad Donish koʻchasi boʻlab pastga qarab yurilgan tomonda metro poyezdlari uchun "garaj" qurilar ekan. Usha yerda ular aylanib olishlari ham mumkin boʻladi. Quruvchilar aytishiga qaraganda, qurilishga xalaqit bermasligi uchun, bozor boshqa joyga koʻchirilishi ham mumkin ekan.

© Sputnik UzbekistanYunusobod yoʻli qurilishi qayta boshlandi
V Tashkente nachalos stroitelstvo linii metropolitena v Yunusabadskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Yunusobod yoʻli qurilishi qayta boshlandi

"Qurilish ochiq uslub bilan olib boriladi, shekilli. Bu barcha qurilish ishlarini va kommunikatsiyalarni osonroq oʻtkazish imkonini beradi", — dedi quruvchilardan biri Sputnik muxbiriga.

Qurilishga xalal berayotgan daraxatlar allqachon kesilmoqda. Buning hisobidan avtomobil yoʻli ham kengaytirilar ekan.

"Daraxtlarni kesishga majburligimizdan afsusdamiz, lekin kelajakda bu avtomobil yoʻlini kengaytirish imkonini beradi. Bu yoʻllari tor boʻlgan, aholi zich yashaydigan Yunusobod mavzelari uchun oʻta mumhim masala. Tirbandlar hammani qiynab yubordi. Bu yerda metro qurilishi bilan hukumat birdaniga bir necha muammoni hal qiladi, jumladan yoʻllarda erkin  harakatlanishni ham", — dedi qurilish brigadasi boshligʻi.

Yunusobod yoʻlining qurilishi qachon tugashin hech kim aniq ayta olmadi, shuningdek sarflanayotgan mablagʻ hajmini ham. Kimdir barcha ishlar Navroʻz bayramigacha tugatilishi mumkinligini taxmin qildi, boshqalar kamida 2-3 yil kerakligini taʼkidlashmoqda.

Toshkent mterosining Yunusobod yoʻli qurilishi 1988 yilda boshlanib 2001 yilda toʻxtatilgan edi. Qurilish boʻyicha Yunusobod yoʻli eng murakkab yoʻl boʻlib chiqdi, chunki Boʻzsuv koʻl va bir necha kanallar ostidan tunnel oʻtkazishga toʻgʻri kelardi.

Yunusobod yoʻli qurilishi qayta boshlandi
V Tashkente nachalos stroitelstvo linii metropolitena v Yunusabadskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Yunusobod yoʻli qurilishi qayta boshlandi

Bugungi kunda Yunusobod yoʻlining asosiy muammosi bu — uning aholi koʻp yashaydigan mavzelargacha yetkazilmaganligidir. Shuning uchun ham koʻpchillik metrogacha boshqa transportdan foydalanishga yoki umuman shaxsiyt avtotransportdan foydalanishni maʼqul koʻradi.

Mutaxassislar fikriga koʻra, Yunusobod yoʻlini qurib bitkazish jamoat transportiga va avtomobil yoʻllarig boʻlgan bosimni ancha kamaytirish imkonini beradi va asosiysi esa — Toshkent yer osti transportining samaradorligini oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0