TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. Xalqaro kosmik stantsiyasining (XKS) uch ekipaj aʼzosi boʻlgan yerga qoʻnish apparati Qozogʻistonga koʻndi, deb xabar chilmoqda RIA Novosti Parvozlar boshqaruv markazi xabariga asosan.
Rossiyalik Anatoliy Ivanishin, Yaponiyalik Takuya Onishi va AQShlik Keytlin Rubins orbitada 40 ta ilmiy tadqiqot oʻtkazishdi. Izlanishlarning asosiy qism kosmik muhitning tirik mavjudotlarga taʼsiri haqida boʻldi.
Undan tashqari ekipaj "Soyuz MS" XKSining yangi boshqaruv tizimini sinovdan oʻtkazdi.
2016 yilda amalga oshiriladigan eng oxirgi kosmik parvoz 17 noyabrga moʻljallangan. Ushbu kun XKS 50/51 nomli ekipaj aʼzolari boʻlgan "Soyux MS-03" kosmik kemasi Baykonurdan soat 23:20 da uchiriladi.
Ekipaj uch kishidan iborat: rossiyalik kosmonavt Oleg Novitskiy, Yevrova Kosmik assotsiatsiyasi vakili Toma Peske hamda AQShlik Peggi Uitson.