TOSHKENT, 30 okt — Sputnik. AQSH Davlat departamenti, Istambulda yashayotgan dipolmatlar oilalariga AQShga qaytishga koʻrsatma berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Davlat departamenti tomonidan xavfsizlik sohasida olingan maʼlumotlarga koʻra, ekstremist guruhlar AQSH fuqarolariga nisbatan tajovuzkorlik harakatlarini davom ettirmoqda. AQShning fuqarolari asosan Stambulda yashaydi", — deyilga muassasa xabarida.
Boshqa shaharlarda yashayotgan AQSH fuqarolariga hech qanday koʻrsatmalar berilmagan boʻlsada, Davlat departamenti butun Turkiya boʻylab terrorchilik xavfi oshib borayotganini taʼkidlamoqda.
Muassasa xabariga koʻra, Turkiyaning janubi-sharqiy hududlarida terrorchilik xavfi ayniqsa yuqori boʻlgani uchun, AQSH oʻz fuqarolariga ushbu hududlarga sayohat qilmaslikni maslahat bergan.
Eslatib oʻtamiz, AQSH Davlat departamenti, koʻp hollarda, terakt boʻladigan joylarni oldindan biladi. Odatda, bunday xabar eʼlon qilinganidan biroz vaqt oʻtib, koʻrsatilgan shaharlarda noxush voqealar sodir boʻladi.