O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tariladi

© BnBTabiat
Tabiat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi hafta boshidan havo keskin isiydi – ayrim hududlarda harorat 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. 31-oktabrdan boshlab O‘zbekistonda yana havo isib ketadi, deb xabar bermoqda nuz.uz gidrometeorologiya markaziga tayanib. Dam olish kunlari respublikada o‘rtacha havo harorati 18-20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Kelasi hafta boshidan esa havo keskin isiydi – ayrim hududlarda harorat 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 31-oktabr-2 noyabr kunlari harorat kunduzi 15-20, kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida harorat kunduzi 17-22 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kunduzgi harorat 20-25 darajani tashkil etadi. Ayrim joylarda soniyasiga 15-20 metr tezlikda shamol esishi mumkin.

Haqiqiy issiq havo esa Qashqadaryo va Surxondaryoda qayd etiladi. 31-oktabr-2 noyabr kunlari bu viloyatlarda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida soniyasiga 15-20 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 1-6, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0