Moskva hokimiyati Islom Karimovga yodgorlik o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yodgorlik O‘zbekiston elchixonasi yaqinida joylashgan Polyanka ko‘chasi atrofidagi xiyobonda o‘rnatilishi mumkin

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Moskva hokimiyati O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab yodgorlik o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston Moskva OAVga tayanib.

"O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab yodgorlik o‘rnatish haqida buyurtmanoma tushgan", — dedi yodgorlik san’ati bo‘yicha komissiya raisi Igor Voskresenskiy.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov – qalblarga haykalini o‘rnatgan rahbar

Uning aytishicha, yodgorlik O‘zbekiston elchixonasi yaqinida joylashgan Polyanka ko‘chasi atrofidagi xiyobonda o‘rnatilishi mumkin.

Voskresenskiy mazkur masala komissiyaning dekabrda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilishini aytdi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni insult oqibatida vafot etdi. U o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Samarqand shahrida dafn etildi.

Yangiliklar lentasi
0