TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Moskvadan Namanganga parvoz qilayotgan samolyot yo‘lovchidan qon ketishi oqibatida Qozonda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti Tatariston FVV bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Andrey Rodiginga asoslanib.
"Moskva vaqti bilan soat 02:14da Moskva – Namangan reysi bo‘yicha parvoz qilayotgan A321 aerobusi Qozon aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. 1992-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosida qon ketish holati yuz berdi", — dedi Rodigin.
Agentlik suhbatdoshining aytishicha, yo‘lovchi Tatariston respublika klinik kasalxonasiga yotqizilgan. Soat 03:54da aerobus parvozini davom ettirgan.