Xitoy razvedkachilari Pentagonning yashirin rejalarini o‘g‘irladi

Obuna bo‘lish
Xitoy agentlari bir necha bor FBR va AQShning Tinch okeani qo‘shnlari qo‘mondonligi tarkibiga kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Xitoylik shpionlar AQSh milliy xavfsizlik tuzumlariga bir necha bor kirishga va Pentagonning yashirin rejalarini o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lishgan, deb yozmoqda Washington Free Beacon kongress komissiyasi bayonotiga asosan.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, Xitoy agentlari bir necha bor FBR va AQShning Tinch okeani qo‘shnlari qo‘mondonligi tarkibiga kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Pentagon xabariga ko‘ra, Tinch okeani qo‘shnlari qo‘mondonligida shartnoma asosida ishlagan, hozir  iste’foda bo‘lgan podpolkovnik Bendjamin Pirs Bishop (Benjamin Pierce Bishop) u bilan yaqin munosabatlarda bo‘lgan xitoylik ayolga maxfiy ma’lumotlarni xabar berganini tan olgan.

Xabarda aytilishicha, Bishop o‘z tanishiga AQSh yadro qurolini joylashtirish, MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparati va Xitoyga nisbatan qabul qilingan strategiyasiga doir maxfiy ma’lumotlarni  xabar bergan.

Hisobotda Xitoy tomonidan yollangan boshqa amaldor shaxslar haqida ham ma’lumotlar bor. Masalan avgustda FBR IT-xodimi Kun Shan Chun ("Djo") Xitoyga odamlarni kuzatish haqidagi hujjatlarni bergan. Ayrim hujjatlar AQSh razvedka tarmog‘ini zarba ostiga qo‘yishi mumkin.

"O‘g‘irlngan ma’umotlar orasil 5,6 mln kishining barmoq izlari ham bo‘lgan. Ularning ayrimlaridan yashirin faoliyat olib borayotgan AQSh hukumat agentlarini aniqlash uchun foydalanish mumkin", — deyilgan xabarda.

Washington Free Beacon nashri xabariga ko‘ra, hujatning to‘liq matni 16-noyabr kuni e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0