TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Latviyalik nafaqaxo‘r bobo mashinasini zangdan tozalash uchun koka-kolali basseynga cho‘ktirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Daugavpilslik 73 yoshli quvnoq pensioner dalada ulkan chuqur qazib ichiga plenka soldi. Paydo bo‘lgan basseynni 12 000 litr koka-kola ichimligi bilan to‘ldirdi. Keyin esa uning ichiga 40 kg soda soldi, lekin kola-mentos reaksiyasi bo‘lmadi.
Keyin esa, bobo poygachilar shlemini kiyib, o‘zining eski Audi 80 avtomobilida, katta tezlikda basseyn ichiga sakradi.
Qariyaning so‘zlariga qaraganda ushbu tajriba uchun u 8000 yevro xarajat qilgan.
"Nafaqam 2000 yevro, qolganini bolalarim yuborib turishadi. Ushbu pullarga dori-darmon sotib olayapman, deb o‘ylashadi ular", — deb qo‘shimcha qildi hazilkash bobo.
Koka-kola uning mashinasini zangdan tozalashga yordam bergan bermaganini haqida bir so‘z aytmadi, bepul reklama qilishni xoxlamadi shekilli. Lavhaning oxirida unga ko‘proq "layk" qo‘yishi ham aytib o‘tdi.