Kamilov Afg‘oniston hukumati vakillarini qabul qildi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATAbdulaziz Kamilov
Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonga ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 10-xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ishtirok etish uchun kelgan

TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va prezidentning Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonga ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 10-xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ishtirok etish uchun kelgan.

O‘zaro suhbat chog‘ida o‘zbek-afg‘on aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish holati hamda istiqbollari, oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama etildi.

Uchrashuvda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayyod Shahobiddin Temuriy ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0