Surxondaryoda afg‘onistonlik fuqaro 30 kilo afun bilan ushlandi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGiyohvand modda
Giyohvand modda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertiza tekshiruvlarida uning yuqori sifatli afun xom ashyosi ekanligi aniqlandi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Afg‘onistonning Farob viloyati Bilchiroq qishlog‘ida yashovchi Gul Ahmad Xudoyberdi o‘g‘li Amudaryo darosi orqali Surxondaryo viloyatiga 29 kilogramm 700 gramm afun giyohvandlik moddasini olib kirishga urindi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga respublika kuch tizimidagi manba ma’lum qildi.

"Gul Ahmad va yana bir afg‘onistonlik "qori Nasrullo" ismli shaxs Termiz tumaniga ming dollar evaziga giyohvand modda olib borishlari lozim bo‘lgan. Buning uchun ular Amudaryo darosidan o‘tish maqsadida qo‘lbola suzish vositasini tayyorlashgan. Biroq chegarani kesib o‘tish chog‘ida narkokuryer o‘zbek maxsus xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi", — dedi manba.

Giyohvand modda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek maxsus xizmatlari afunfurushni qo‘lga tushirishdi

Qo‘lga olingan shaxs ko‘zdan kechirilganida uning yonidagi polietilen qopda og‘irligi 29 kilogrammni tashkil etuvchi to‘q jigarrang modda topildi. Ekspertiza tekshiruvlarida uning yuqori sifatli afun xom ashyosi ekanligi aniqlandi.

surishtiruv jarayonida qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlangan 16 kilo 981 gramm afunni olib o‘tishga uringan shaxs bilan aloqador ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sudda Gul Ahmad Xudoyberdi o‘g‘li aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.

Ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi materiallari asosida sud unga 18-yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Yangiliklar lentasi
0