Bog‘cha to‘lovini mobil telefon orqali amalga oshirish mumkin bo‘ldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBolalar bog‘chasi
Bolalar bog‘chasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur xizmat hisobchilarning mehnatini ham yengillashtirishi aytilmoqda

TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Endilikda ota-onalar farzandlarining bolalar bog‘chasidagi tarbiyalanishi uchun to‘lovni mobil telefonlari orqali “online” plastik kartochkalaridagi mablag‘lari yordamida to‘lashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Xabarda bildirilishicha, buning uchun maktabgacha ta’lim muassasasi hisobchisi har bir tarbiyalanuvchini UzASBO dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Bu ota-onalarning vaqtlarini tejash bilan birga har bir tarbiyalanuvchi uchun to‘langan mablag‘ yoki qarzdorlik bo‘yicha hisob yuritishga imkon beradi.

Bolalar bog‘chasida. - Sputnik O‘zbekiston
ERIga ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar onlayn tarzda bolani bog‘chaga joylashlari mumkin

Mazkur xizmat hisobchilarning mehnatini ham yengillashtirishi aytilmoqda. Amalga oshirilgan to‘lov UzASBO majmuasida onlayn tartibida aks etadi, bu esa hisobchiga to‘lov qaysi tarbiyalanuvchi uchun qachon va qancha miqdorda amalga oshirilganini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, to‘lov amalga oshirilayotgan vaqtda yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolar va ortiqcha qog‘ozbozlikning oldi olinadi.

Ta’kidlanishicha, bu Moliya vazirligi tomonidan joriy yilda taklif etilayotgan birinchi xizmat emas. Budjet tashkilotlari xodimlarining UzASBO dasturidan Telegram messenjeri va qisqa xabarlar yuborish tizimi orqali ish haqlariga oid ma’lumotlarni olishiga imkoniyat yaratilgandi.

Yangiliklar lentasi
0