TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston Toshkentdagi Elit-Polimer kompaniyasi jamoasining "Eng yaxshi santexnik. Rossiya Kubogi" tanlovida ishtirok etishi haqidagi kelishuvni imzolaydi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Loyiha tashkilotchilarining aytishlaricha, bu nufuzli tanlov beshinchi marta o‘tkazilmoqda. Tanlovda har yili Rossiyadan tashqari Qozog‘iston, Belorussiya, Serbiya va boshqa mamlakatlardan jamoalar qatnashadi.
O‘n yildan buyon O‘zbekiston bozorida polipropilen quvurlarni ishlab chiqarish va o‘rnatish bilan shug‘ullanib kelayotgan Elit-Polimer kompaniyasi mazkur mahorat tanlovida qatnashishga qaror qildi.
"Ilk marta o‘zbek jamoasining tanlovda qatnashishi haqidagi kelishuv hukumat darajasida imzolanadi. Bu biz uchun katta sharaf va shu bilan birgalikda jiddiy mas’uliyat hamdir", —Elit-Polimerning bosh direktori Ma’mur Yaqubov.
Tanlov an’anaviy ravishda 22-noyabr kuni Chelyabinskda o‘tkaziladi. Unda Rossiya va turli mamlakatlardan 30ta santexniklar jamoasi qatnashadi. Ular o‘z mahoratlarini namoyish etishlari va 300, 200 hamda 100 ming rubl mukofotni qo‘lga kiritishlari mumkin.
Chempionatning bosh tashkilotchisi Sergey Yermakovning aytishicha, tadbir geografiyasi yildan-yilga kengayib bormoqda. U bu yil o‘zbekistonlik santexniklar ham unda ishtirok etishlaridan mamnunligini bildirdi.