TOShKENT, 26 okt Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bugun Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan telefonda gaplashdi, deb xabar qilmoqda TIV rasmiy sahifasi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuxamedovni Turkmaniston mustaqilligining 25-yilligi bilan chin yurakdan tabriklab va uning faoliyatida yangi zafarlar, do‘stona turman xalqiga esa – totuvlik va kelajakda yanada taraqqiyot etishni tiladi.
O‘z navbatida, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov chin minnatdorchilik bildirib o‘zbek xalqiga tinchlik, totuvlik va ravnaq tiladi.
Davlat rahbarlari kelajakda ham o‘zbek-turkman ishonchli va samarali hamkorligini davom ettirish va rivojlantirishda hamda muhim xalqaro va O‘rta Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni saqlab qolish masalalarida hamkorlik qilish niyatlarini qat’iyan tasdiqlashdi.