Bishkekda yo‘ltanlamaslar poygasi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Bishkek yaqinidagi Ozernoe qishlog‘ida yo‘ltanlamas avtomobillar poygasi bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan dam olish kunlari Bishkek yaqinidagi Ozernoe qishlog‘ida "Shturmovik" yo‘ltanlamas avtomobillar klubi tashkil qilinganiga bag‘ishlangan poyga bo‘lib o‘tdi, Sputnik Kirgizstan xabariga asosan.

Poyga TR1, TR2 va TR3 kategoriyalri bo‘yicha maxsus tayorlangan avtomobillar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Poygada ikki Qirg‘iziston va bir Qozog‘iston yo‘ltanlamas avtomobillar klublari vakillari ishtirok etdi.

"Tadbirda qatnashgan poygachilardan hech kim jarohatlangani yo‘q, chunki barcha qatnashchilar uchun xavfsizlik kamarlari va shlemlar majburiy qilib belgilangan edi. Poyga soat 11:00  boshlanib 18:00 da yakunlandi", —  dedi "Shturmovik" klubi vakili va tashkilotchilardan biri Yuriy Kopitin.    

Shuningdek Kopitin tadbirda xavfsizlikni ta’minlagan Chuy viloyati IIBga ham minnatdorchilik bildirdi. Poyga tomosha qilishga 3 mingga yaqin odam to‘plangan.

Yangiliklar lentasi
0