O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Shuningdek,turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish ham rejalashtirilgan

TOShKENTI, 24 okt – Sputnik. Joriy yilning 25-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi vakillari Finlyandiyaga tashrif uyushtiradilar. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"2016 yilning 25-oktabr kuni Xelsinki shahrida O‘zbekiston va Finlyandiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining 25-26 oktabr kunlari Finlyandiyada bo‘lishi doirasida turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning Finlyandiya bilan o‘zaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlari izchil yo‘lga qo‘yilgan. Shu yilning 8-martida Xelsinki shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi o‘rtasidagi 1998-yil 9-apreldagi ikkiyoqlama soliq solinishini oldini olish hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Bayonnoma imzolangandi.

Yaqinda esa Finlyandiya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekiston Respublikasiga ishchi tashrifi uyushtirishdi.

Yangiliklar lentasi
0