TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar va xalqaro tashkilotlardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar berdi Rossiya TIV.
"Yigirma to‘rtinchi oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi", — deyiladi RF TIV xabarida.
"Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va xalqaro tashkilotlardagi hamkorlik muhokama qilindi", — deyilgan Rossiya tashqi siyosat mahkamasi axborot xizmati tomonidan.