Toshkentda nodavlat OAV jurnalistlari uchun treninglar boshlandi

© Sputnik / Murad OrujovJurnalist
Jurnalist - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Treninglarni yetakchi nemis ekspertlar – Germaniya telekompaniyalar Federal uyushmasi Prezidenti Rene Falkner va taniqli mustaqil jurnalist Birgit Vetsel olib borishadi

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. 23-oktabr kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida (O‘zEOVMA) saylov tajribasini yoritish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganishga bag‘ishlangan seminar-treninglarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi tadbir matbuot xizmati.

Tadbirda nodavlat teleradiostudiyalar, O‘zEOVMA vakillari, Konrad Adenauer nomli jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy vakolatxonasi, shuningdek O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ekspertlari ishtirok etishdi.

Treninglarni yetakchi nemis ekspertlar – Germaniya telekompaniyalar Federal uyushmasi Prezidenti Rene Falkner va taniqli mustaqil jurnalist Birgit Vetsel olib borishadi.

To‘rt kun davomida Birgit Vetsel boshchiligida seminar-trening ishtirokchilari – turli radiostansiya jurnalistlari – efirni yangi kreativ eshittirishlar bilan to‘ldirishning eng ilg‘or tajribalarini o‘rganishadi, axborot uzatishning nostandart usullari va ko‘proq radiotinglovchi jalb qilish imkoniyatlari bilan tanishishadi. Seminar-treningning ochilish marosimida uning yakuniy natijasida "Saylov kundaligi" har kunlik maxsus dasturi tashkil etish belgilab olindi.

"Men yosh jurnalistlar bilan saylov va saylovoldi jarayonlari yuzasidan mashg‘ulotlar olib borishimdan xursandman. O‘zbek hamkasblarim yagona maqsadimiz saylov mavzusiga oid sifatli media mahsulot tayyorlash, to‘liq radioaxborotlar berishdan iborat. Seminar ishtirokchilari asosan yoshlar va bu meni yanada ilhomlantiradi. Men O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtimda jurnalistlaringiz mahorati yildan-yilga ortib borayotganining guvohi bo‘lyapman", — deydi Birgit Vetsel.

Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi seminar treninglar tashkil etadi

O‘z navbatida, Konrad Adenauer nomli jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy vakolatxonasi rahbari doktor Tomas Kunse "ushbu mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining professional darajada yoritilishiga" umid bildirdi va o‘zbek jurnalistlari bilan tajriba almashishdan faqat xursand bo‘lishini ta’kidladi.

"Ushbu seminarlar jurnalistlar savodxonligini oshirish bo‘yicha "ilk qaldirg‘och" bo‘lib, kelgusida ham biz Assotsiatsiya jurnalistlari uchun O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritishda professionalligini oshirish masalasida ularni davom ettirishni rejalashtirapmiz", — dedi O‘zEOVMA raisi Firdavs Abduxoliqov medimarosimning ochilish marosimida. Seminar-treninglar noyabr oxiriga qadar davom etadi.

Germaniyalik ekspert Rene Falkner 11 kun davomida seminar ishtirokchilari bilan yangi texnologik ishlanmalarni qo‘llash bilan mashhur reyting tok-shoular tayyorlash bo‘yicha jahon tajribasi bilan bo‘lishadi.

Yangiliklar lentasi
0