Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar uchun yangi interaktiv xizmat joriy etdi

© findaFoydalanuvchi
Foydalanuvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlar Savdo-sanoat palatasi tomonidan elektron pochta orqali yuboriladi

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan elektron tarqatiladigan turli ma’lumotlarga obuna bo‘lish uchun ariza yuborish joriy etildi. Bu haqda palataning rasmiy veb saytida ma’lum qilingan.

Tadbirkorlar mazkur xizmatdan foydalanish orqali O‘zbekiston va xorijda bo‘layotgan ko‘rgazmalar, tadbirlar, konferensiyalar, mahalliy va xorijiy kompaniyalarning hamkorlik bo‘yicha takliflari va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari bo‘yicha tijorat takliflari va boshqalardan boxabar bo‘lib borishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, qabul qilinishi rejalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasi (taklif berish uchun) hamda boshqa foydali va faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.

Ushbu ma’lumotlar Savdo-sanoat palatasi tomonidan elektron pochta orqali yuboriladi.

Mazkur xizmat faqat tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladi. Arizani ko‘rib chiqish muddati uch kun etib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0