O‘zbekistonda imtiyozli ipotekani yanada ko‘proq oilalar olishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishYangi uy
Yangi uy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imtiyozli ipoteka krediti olishi mumkin bo‘lgan oilalar soni sezilarli darajada o‘sdi

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga muvofiq, tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda ipoteka kreditlarini taqdim qilish tartibidagi "yosh oila" tushunchasiga oydinlik kiritildi, deb xabar bermoqda "Novosti Uzbekistana". Endilikda, farzandini yakka o‘zi tarbiyalayotgan yoshi 30dan oshmagan ota yoki ona ham imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, er-xotin ikkisining ham yoshi 30dan oshmaganlar "yosh oila" hisoblanadi. Bunda, 30 yoshga kirganlar bo‘lsa ham shu toifaga kiradi. Shu bilan birga, farzandini yakka o‘zi tarbiyalayotgan ota yoki ona ham 30 yoshga to‘lgan va to‘lmagan bo‘lsa, shu imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Mazkur tuzatish "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq amalga oshirilayotgani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ilgarilari 30 yoshga to‘lmagan yoshlarning nikoh qurishi bilan paydo bo‘lgan oila "yosh oila" deb atalardi. Bu amaliyotda ko‘plab savollarni keltirib chiqarar, xususan, "turmush qurganlardan biri 30 yoshga kirgan bo‘lsa, bu oila "yosh oila" hisoblanishi mumkinmi?" degan masalaga oydinlik kiritish talab qilinar edi. Endilikda, 30 yoshga to‘lgan, deyilishi bilan ushbu savolga javob berildi.

Shunday qilib, imtiyozli ipoteka krediti olishi mumkin bo‘lgan oilalar soni sezilarli darajada o‘sdi.

Yangiliklar lentasi
0