"Tempo" pul o‘tkazmalari tizimi O‘zbekiston bozoriga kirdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishAQSh Dollari
AQSh Dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyaning Tempo Money Transfer pul o‘tkazmalari tizimi Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina va O‘zbekistonda ishlay boshladi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Fransiyaning Tempo Money Transfer pul o‘tkazmalari tizimi MDHning bir necha mamlakatlarida faoliyat yurita boshladi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.

Bank ishi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi qisqardi

"Tempo" pul o‘tkazmalari tizimi ushbu yilning boshida Rossiyada o‘z faoliyatini boshlagan edi, deydi tizim prezidenti Djeffri Fanyu. Bugungi kunda tizim Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina va O‘zbekistonda 270dan ortiq banklarda ishlamoqda. Banklarning ko‘plab filiallari borligini hisobga olsak, tizim bo‘yicha pul olish va yuborish mumkin bo‘lgan soni 26 mingdan oshdi.

Tempo prezidenti aytishiga qaraganda, pul jo‘natmalari bo‘yicha Rossiya MDH bozorida eng ulkan  bozor bo‘lib uning o‘sish potensiali ham juda katta.

"Rossiya hududi bo‘yicha dunyoning eng katta mamlakatlaridan biri bo‘lishi bilan bir vaqtda, eng yirik pul jo‘natuvchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Biz ushbu bozor qanchalik muhim ekanligini yaxshi tushunamiz", — dedi Fanyu.

Banque du France (Fransiya banki) tomonidan litsenziya berilgan "Tempo" tizimi bugungi kunda dunyoning 120 mamlakatida 195 ming bank bo‘limlari orqali faoliyat yuritadi. Tizim o‘z faoliyatini dastlab Fransiya va Germaniya hududida  boshlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0