Mixail Zadornov kasalxonaga yotqizildi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishHajviyachi Mixail Zadornov
Hajviyachi Mixail Zadornov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur hajviyachi konsert vaqtida o‘zini yomon his qilib qolgan va Moskva kasalxonalaridan biriga yotqizilgan.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Mashhur hajviyachi Mixail Zadornov Moskvada kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, "Tez yordam" xabariga asosan.

Shifokorlar aytishiga ko‘ra, Zadornovga 22-oktabr kuni tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va kasalxonaga yotqizilgan. Artist aynan qaysi kasalxonaga, kanday dard bilan yotqizilgani aniqlashtirilmagan.

Oktabr boshida Zadornov o‘zining VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Yangi yilga qadar belgilangan bir necha konsertini, sog‘ligi yomonlashgani tufayli, bekor qilishga majbur bo‘lganini xabar qilgan edi.

Mixail Zadornov — hajviy yozuvchi, yumorist va akter. Zadornov, ko‘pincha, Rossiya hayot tarzi va urf-odatlarni G‘arb hayoti bilan solishtirish, AQSh hayot tarzini hajviya qilish kabi mavzularda monologlar o‘qiydi.

 

Yangiliklar lentasi
0