Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro shaxmat turniri g‘olibi Shahriyor Mamedorov bo‘ldi

© Ricardo630Shaxmatnie figuri
Shaxmatnie figuri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amir Temurning 680-yillik yubileyiga bag‘ishlangan shaxmat turnirida Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina va O‘zbekiston shaxmat yulduzlari ishtirok etdi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Toshkentda xalqaro shaxmat turniri yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi.

Buyuk sarkarda Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan shaxmat turniri mukofot fondi 50 ming dollarni tashkil qildi. Musobaqada Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina va O‘zbekiston shaxmat yulduzlari ishtirok etdi.

Turnirda Ozarbayjonlik shaxmatchi Shahriyor Mamedorov g‘olib chiqdi. U 12 o‘yinda 8 ochko to‘plab turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi.

Isroillik Boris Gelfand 6 ochko to‘plab ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

O‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov va Ukrainalik Ruslan Ponomarev 5 ochkodan to‘plab uchinchi o‘rinni egallashdi.

Yangiliklar lentasi
0