TOShKENT, 23 okt —Sputnik. "Islom davlati" jangarilari Iroq shimolidagi Naynava viloyati markazi bo‘lgan Mosulda 16 kishini, ko‘prikdan tashlab yuborish yo‘li bilan qatl qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"ID jangarilari Mosulda 16 kishini Uchinchi ko‘prikdan tashlab qatl qildi", deyilgan manbaa xabarda.
Shanba kuni ertalab Mosul janubida ID jangarilari 284 erkak va o‘g‘il bolalarni qatl qilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
17 oktabr tunda Iroq harbiylari va qurd ko‘ngilli kuchlari AQSh boshchiligidaga koalitsiya ko‘magida Mosulni ozod qilish operatsiyasini boshlagan edi.