Iroq: Turkiya "ID"ga qarshi kurashish o‘rniga, o‘z ta’sirini kengaytirishga urinmoqda

© Sputnik / Davidov / Mediabankka o‘tishAmerika harbiylari Bag‘dod ko‘chalarida tartibni nazorat qilishmoqda
Amerika harbiylari Bag‘dod ko‘chalarida tartibni nazorat qilishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroq Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, o‘tmishda ularning yordam borasidagi da’vatlariga "churq" etmagan Turkiya, endilikda o‘zining harbiylarini yo‘llab, tahdidlar bilan chiqish qilmoqda

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Iroq hududiga o‘z harbiylarini yuborayotgan Turkiyaning maqsadi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilarini yengish emas, balki o‘z ta’sir doirasini kengaytirishdir, — deya bayonot qildi shanba kuni Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy. RIA Novosti xabari asosida.

Amerika Qo‘shma Shtatlari(AQSh) prezidenti Barak Obama. - Sputnik O‘zbekiston
Obama Turkiya hukumatini Iroqdan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishga chaqirdi
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil oxirida Turkiya "ID"ga qarshi kurash bahonasida Iroq hududida o‘z harbiylarini kiritganidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgan edi. Turkiya hukumati Iroq hududiga kiritilgan turk harbiylari mamlakat shimolidagi Mosul shahrini ozod qilish bo‘yicha operatsiyada yordam beradi, deya ishontirishga uringan bo‘lsa-da, rasmiy Bag‘dod bunga o‘z roziligini bermaganligida qattiq turib olgan edi.

"Turkiya "Islom davlati"ga qarshi kurashmayapti, u faqatgina o‘z manfaatlari va ta’sir doirasini kengaytirishga urinmoqda", — deb aytgan al-Abadiy Bag‘dodda bo‘lib o‘tgan islom forumida so‘zlagan nutqida.

Iroq Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, o‘tmishda ularning yordam borasidagi da’vatlariga "churq" etmagan Turkiya, endilikda o‘zining harbiylarini yo‘llab, tahdidlar bilan chiqish qilmoqda.

Ilgariroq, AQSh ushbu mojaroni bartaraf etishga urinayotgani e’lon qilingan edi.

Juma kuni Pentagon rahbari Eshton Karter Iroq va Turkiya "ID"ga qarshi kurashda Turkiya ishtiroki doirasiga doir masalalarda kelishib olishgani haqida bayonot qilgan edi.

Mosul yaqinidagi janglar - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Uchinchi jahon urushiga olib keluvchi sababni aytdi
Iroq hukumati matbuot-kotibi Saad al-Xudaysi sal keyinroq Sputnik agentligiga hozircha hech qanday kelishuvga borilmagani haqida xabar qilgan.

Mosul hududida "ID"ga qarshi operatsiya 17 oktabrga o‘tar kechasi boshlangan edi. Iroq harbiylari 2014-yilda, ya’ni bosib olinganidan so‘ng bir necha hafta o‘tib "ID" jangarilari markaziga aylangan shaharni ozod qilishni rejalashtirgan. Operatsiyada AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya hamda ko‘ngilli qo‘shinlar hamda qurd harbiy kuchlari ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0