Tojikistonlik kuzatuvchilar Prezidentlik saylovlarida qatnashishadi

© Sputnik / Igor MaslovSaylov qutisi
Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylovlarni komissiya a’zolari Jamshed Jamshedov va Nosirjon Salimiylar ham kuzatishadi

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Tojikiston saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi rahbari Baxtiyor Xudoyorzoda O‘zbekiston Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda kuzatuvchi sifatida qatnashadi, deb xabar beradi RIA Novosti "Xovar" agentligiga asoslanib.

Bundan tashqari, saylovlarni mazkur komissiya a’zolari Jamshed Jamshedov va Nosirjon Salimiylar ham kuzatishadi, deyiladi xabarda.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi

O‘zbekiston MSK Prezidentlik saylovlari borishi bo‘yicha xalqaro kuzatuvda ishtirok etish uchun Inson huquqlari va demokratik institutlar burosi, YeXHT, MDH Ijroiya qo‘mitasi, ShHT, IHT va O‘zbekiston saylov organlari butunjahon assotsiatsiyasini rasman taklif etgan.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Prezidentlik saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0