TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Poytaxtning “Binokor” xokkey klubi Olma-otada bo‘lib o‘tgan havaskor xokkeychilar ochiq turnirida g‘olib chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Binokor” jamoasi bo‘lib u turnirdagi yagona O‘zbekiston jamoasi bo‘ldi. “Binokor” qozog‘istonlik "Kapchagay", "Yenbek" va "Skif" jamoalarini — 9:0, 4:2 va 4:1 hisobda osonlik bilan yengdi. Eng oxirgi o‘yinda esa, o‘zbekistonlik xokkeychilar turnirning eng sara o‘yinchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoasi ustidan 6:4 hisobda g‘alaba qozondi.
Shunisi qiziq-ki “Binokor” turnirning eng yoshi katta jamoalaridan biri bo‘ldi. Toshkentdagi Ice Rink xokkey to‘garagi ustozlaridan tashkil topgan jamoa o‘yinchilarining o‘rtacha yoshi 45da.
Eslatib o‘tamiz, Ice Rink klubining eng yosh o‘yinchisi — 7 yoshli Saloxiddin Azimov O‘zbekistonlik birinchi xokkey legioneri bo‘ldi. Rossiyalik mashhur xokkeychi Pavel Bure Salohiddinning qobiliyatiga yuqori baho berdi. Bu haqida Sputnik O‘zbekistonning maxsus intervyusida o‘qing.