TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Hijob kiygan sportchi qizlar keng jamoatchilikni hayratga solmay qo‘yganiga ancha vaqt bo‘ldi, ayniqsa avgustda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan olimpiada o‘yinlaridan keyin, deb yozadi Sputnik Latviya.
Tehronda bo‘lib o‘tgan Rossiya – Eron mini-futbol bahsida Rossiya jamosi futbolchilari hijobda maydonga chiqishdi. Eron Islom respublikasida qonunlariga binoan sport o‘yinlarida ishtirok etayotgan ayollar faqat hijobda maydonga chiqishi kerak.
Rossiya ayollar mini-futbol terma jamoasi Eronda ikki o‘yin o‘tkazdi. Jamoalar kelishuviga ko‘ra, birinchi o‘yinda Rossiya jamoasi hijobsiz o‘ynagan, ikkinchisida esa hijob kiygan. Birinchi o‘yin 3:3 xisoobida durang bilan yakunlandi. Ikkinchisi esa 5:3 hisobida, Rossiyaliklar g‘alabasi bilan yakunlangan.
Jamoa hijob kiymay o‘ynaganda, stadionga hech qandar erkak kiritilmaydi. Tomoshabinlar, yorituvchilar, stadion ishchilari – barchasi faqat ayollar bo‘lishi kerak.
“Biz albatta bunday shartlardan voz kechishimiz mumkin edi, lekin mini-futbolni rivojlantirish uchun bu salbiy natija bo‘lar edi”, — deydi Rossiya mini-futbol assotsiatsiyasi matbuot kotibi Aleksandr Klimanov.
Klimovning so‘zlariga qaraganda, jamoa qizlari birinchi bor 5-yil oldin hijobda maydonga chiqishgan, o‘shanda ularga kiyim issiqligi tufayli, ozroq noqulay bo‘lgan ekan.
“Endi bo‘lsa biz hijobda g‘alaba qozonmoqdamiz. Hijob kiyib o‘ynalgan ikkinchi o‘yinda bizning jamoa 5:3 hisobida g‘alaba qozondi”, — deydi Klimanov.
Hamma sportchilar ham hijob kiyishga rozi emas. Masalan, asli Gurjistonlik bo‘lgan amerikalik shaxmatchi qiz Nazi Paykidze-Barns, hijob kiyish shart bo‘lgani tufayli, 2017-yili Eronda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatiga boykot e’lon qilgan. Uning fikriga ko‘ra, ushbu mamlakatda ayollar huquqlari buzilayotgan ekan.
Lekin 22 yoshli Paykidze-Barns Xalqaro shaxmat federatsiyasidan qattiqqo‘l javob olgan: Eron –jahon chempionatini qabul qilishga istak bildirgan yagona mamlakat. Barcha mezbon mamlakatning qonunlarini, jumladan kiyimlarga bo‘lgan talabini hurmat qilishi shart”, — deyilgan unda.