MDH davlatlari Tojikistonda terrorizmga qarshi mashg‘ulot o‘tkazadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishAntiterror mashg‘uloti
Antiterror mashg‘uloti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlar keng miqyosdagi ogohlantiruvchi-profilaktik tadbirga aylanadi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. MDH davlatlarining terrorizmga qarshi birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlari 2017-yilda Tojikistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH antiterror markazi rahbari Andrey Novikov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda xalqaro terrorchilik tashkilotlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda olib borayotgan targ‘ibot faoliyatini aniqlash va unga chek qo‘yish bo‘yicha Hamdo‘stlik mamlakatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlarining o‘zaro hamkorligiga e’tibor qaratiladi.

ShHT HATT o‘quv-mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
ShHT Hududiy Antiterror Tuzilmasi Hindiston va Pokiston bilan ishlay boshladi

"Bizningcha, mashg‘ulotlar nafaqat Hamdo‘stlik davlatlari kuch tizimlarining tayyorgarlik darajasini namoyish etadi, balki keng miqyosdagi ogohlantiruvchi-profilaktik tadbirga ham aylanadi", — dedi u.

Novikov mashg‘ulotlar kelasi yilning may-iyun oylarida o‘tkazilishini bildirdi. Mashg‘ulotlarning o‘tkazilish joyi esa geosiyosiy vaziyat va Markaziy Osiyo mintaqasida terror xavfining yuqori darajada saqlanib turganligidan kelib chiqib tanlangan.

Yangiliklar lentasi
0