Moskvada chet elliklar amalga oshirgan jinoyatlar soni kamaymoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskva politsiyasi Xovan qabristonida
Moskva politsiyasi Xovan qabristonida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil boshidan buyon Moskvada 130 mingta jinoyat ro‘yxatga olingan. Ulardan faqat 6,4 mingi chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilgani aniqlangan.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Moskvada chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni sezilarli darajada kamaydi, deb xabar qildi Moskva IIBning Jamoat tartibini saqlash Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olesya Aleshina, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

"Ushbu yilning 9 oyida Moskvada 130 mingdan ortiq jinoat ro‘yxatga olingan. Ulardan 6434 jinoyat chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilgani aniqlangan. U o‘tgan yilgan qaraganda 17% ga kam", — dedi Aleshina.

MDH fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning ushbu davriga qaraganda 20,7% ga kamaydi. Bundan qotilliklar — 7,7%ga, o‘g‘irliklar — 6%ga, xonadon o‘g‘irliklari soni — 8% kamaygan.

Aleshina aytishiga qaraganda, Moskvada amalga oshirilgan jinoyatlarning eng ko‘pi — 1234 tasi, O‘zbekiston fuqarolari,  976 tasi Tojikiston fuqarolari va 636 tasi Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0