"Medved" zirhlangan avtomobili va ekstrim-noutbuk

Obuna bo‘lish
Moskvada Rossiya Ichki Ishlar vazirligi va Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil qilingan "Interpolitex-2016" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

"Interpolitex-2016" ko‘rgazma mehmonlariga Rossiyada birinchi minadan himoya qilingan zirhli avtomobil namoyish etildi.  SPM-3 "Medved" avtomobili zirhli transport avtomobili, raketa moslamasi, minomot, pulemot yoki boshqa qurol uchun shassi, shtab-qo‘mondonlik, razvedka qo‘riqchilik va tibbiy avtomobil sifatida ishlatilishi mumkin. "Medved"ning BTRdan farqi shundaki – uni fuqaro avtomobil yo‘llarida ham haydash mumkin.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan yana bir yangi moslama, bu – himoyalangan noutbuk. Chang, suv, zarbalardan himoya qilngan noutbuk ekstremal sharoitlarda ishlashi mumkin. Uning akkumulyatori 8 soat ishlashga yetadi.

Shuningdek Rossiya IIV ommaviy namoyishlarni xavfsiz o‘tkazish uchun turli yangi qurilmalarni taqdim qildi. Ular orasida Sochida Qishgi Olimpiya o‘yinlari davrida sinovdan o‘tgan namunalar ham bor edi.

Bu yilgai "Interpolitex-2016" hisob bo‘yicha 20-chi bo‘ldi. Unda huquqni himoya qilish organlari, favqulodda yordam xizmatlari, qo‘riqlash bo‘linmalari, qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchilari, maxsus kiyim va maxsus himoya vositalari ishlab chiqaruvlar va boshqalar ishtirok etishdi. Ko‘rgazmada dunyoning 11 mamlakatidan 460 qatnashchi ishtirok etdi. Ko‘rgazmaga 20 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilar kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0