BAAda xotinini pardozsiz ko‘rgan er ajrashishga ariza berdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPardoz qilayotgan ayol
Pardoz qilayotgan ayol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Kuygan" er, shuningdek, sevgan yori bir necha bor plastik jarrohlar "xizmatiga" murojaat etganini ham aniqlagan

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarida ilk bor rafiqasini pardozsiz ko‘rgan er, ajrashishga ariza berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Xabarda yozilishicha, ayol BAAdagi Sharja shahrida joylashgan kurortlarning birida hordiq chiqarayotgan vaqtida, dengiz suvi ayolning pardozini "yuvib" yuborgan. O‘z rafiqasining tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarni ko‘rgan er esa, "xotinim ko‘nglimdagidek husn-jamolga ega emas" degan fikrga keladi.

Tez orada "kuygan" er sevgilisi necha marotaba plastik jarrohlar xizmatiga murojaat qilganini ham aniqlashga muvaffaq bo‘ladi. Ayol ulama kiprik va rangli linzalardan ham foydalanishi aniqlangach esa…

O‘zini aldangan his qilgan er, nikoh shartnomasini shu ondayoq bekor qilish qarorini qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0